Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

Davlat rahbari Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan prezident Qosim-Jomart To‘qayevga va qardosh Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi.

Unda Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Qozog‘istonning Abay viloyatidagi yirik o‘rmon yong‘ini

Respublikaning Rossiya bilan chegaradosh viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari 8-iyun kuni boshlangan. Yong‘in maydoni 60 ming gektardan oshgan. Ushbu yong‘in oqibatida jami 14 kishi halok bo‘ldi, ular xotirasiga 12 iyun kuni Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi. Qozog‘iston prezidenti bo‘lib o‘tgan voqea uchun qurbonlarning oilasidan uzr so‘radi va aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi. U qurbonlarning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan