🔸Mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratishda mahalla beshligining hamkorlikdagi faoliyati muhim o’rin tutadi. Bunda jinoyatlarga qarshi kurashish borasida samarali tizimni tashkil qilinishi ham muhimdir.

🔸Bugun shahrimizdagi Amir Temur mahallasida shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Gʻ.Islomov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu yoʻnalishda mahalla beshligi tomonidan 2023 yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

🔸Yigʻilishda qizil toifaga kirgan mahallalarda jinoyat va xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyatdan jabrlangan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish borasida zaruriy tushuntirishlar hamda qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan